FORBRAIN eshitish vositasi

Narx: 0 so'm

Mahsulot kodi: DOST-1376



1

Tavsif
FORBRAIN — TOMATIS metodikasiga asoslangan noyob garnitura bo'lib, u Sizga ma'lumotni qayta ishlashning yangi usulini beradi, suyak o'tkazuvchanlik qurilmasi va patentlangan dinamik filtrlarni birlashtirgan holda miyangiz, eshitishingiz va ovozingizni rivojlantirasiz.Garnituradan kuniga 10 daqiqa foydalanish diqqatni, eshitish qayta ishlashni, xotirani, sensorik integratsiyani, nutq ravonligini, talaffuzni, ovoz ritmini sezilarli yaxshilaydi. O'qish, yozish va muloqot ko'nikmalarini oshiradi. Rostan ham, ta'sirli ro'yxat va u hali to'liq emas. FORBRAIN foydalanishda oddiy, butun oila uchun mos keladi: o'qishda muammolari bo'lgan bolaga, ko'nikmalarini yaxshilashni xohlovchi kattaga, yoshga oid kasalliklari bo'lgan keksaga.FORBRAIN minigarnituralarini qo'llash ro'yxati chindan ham keng. Apparat oddiy insonga uy sharoitida ham, o'qituvchiga ham, defektologga ham, shifokorga ham o'z amaliyotida yordam beradi. Foydalanuvchi o'zining diksiya, eshitish, xotira sifatlarini sezilarli yaxshilaydi, diqqatli va g'ayratli bo'ladi, o'ziga ishonch hosil qiladi. FORBRAIN qo'shiq aytishda, notiqlik san'atida va chet tillarida muvaffaqiyatga erishishni xohlovchi, har qanday ta'limda o'zlashtiruvchanllikni yaxshilashni, turli nuqsonlar va buzilishlar bilan kurashishni xohlovchi insonga mos keladi.Dinamik filtr:Nutqning ma'lum chastotalarini o'zgartiradi, miyaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va xotirani, diqqatni, sensorik ma'lumotlarni qayta ishlash qobiliyatlarini takomillashtiradi.Suyak o'tkazuvchanligi minigarnituralari:O'z ovozingizning tovushini havo o'tkazuvchanlligiga qaraganda 10 baravar tezroq va aniqroq uzatadi. Sizga diqqatingizni jamlash va ovozingizni tushunish osonroq bo'ladi.FORBRAIN qo'llash sohalari:Diqqatni yaxshilash. Xotirani yaxshilash. Nutqni yaxshilash.Diqqat qobiliyati umumiy hushyorlik va ogohlik holatiga mos keladi, bu asab tizimiga kelib tushadigan har qanday turdagi ma'lumotni qabul qilish imkonini beradi. Biroq, miya to'g'ri ishlashi uchun stimullarga muhtoj.Bilasizmi, bunday stimulyatsiyaning 80 foizdan ortig'i qulog'ingizdan kelib tushadi? Siz uyg'oq yoki uxlab yotgan bo'lsangiz ham, qulog'ingiz miyangizni stimullar bilan ta'minlashni to'xtatmaydi. Homiladorlikning 4-oyidan boshlab homila qulog'i birinchi to'liq ishlaydigan organ hisoblanadi. Bundan tashqari, quloq nafaqat tovushni qabul qilish uchun xizmat qiladi, balki muvozanatingizni, harakat ritmingizni va koordinatsiyangizni ham belgilaydi. Yurish paytida quloqlaringizni yoping va muvozanatingizni sezilarli yo'qotganingizni ko'rasiz.FORBRAIN ovozning yuqori chastotalarini uzatishga yordam beradi, bu miya po'stlog'ini uyg'otadi. Ushbu chastotalar o'ta muhim dinamizatsiya funksiyasiga ega, chunki ular miyangizni rag'batlantiradigan juda ko'p ovozli sensorik hujayralarni faollashtiradi.Bundan tashqari, eshitishingiz buzilganda, miyangiz quloq uzatadigan ovozlarga e'tibor bermaydi. Shuning uchun uning diqqatini jalb qilishga harakat qilish kerak. Miya esa oldindan bilolmaydigan to'satdan o'zgarishlarga juda sezgir. Siz allaqachon yuzinchi marta huradigan qo'shni itiga hech qanday e'tibor bermagan bo'lardingiz. Aksincha, bu it to'satdan miyovlasa, cho'chib ketardingiz! FORBRAIN tufayli ovozingiz qulog'ingizga tembr va intensivlikka qarab o'rnatilgan to'satdan kontrastli o'zgarishlar bilan uzatiladi. Bu kontrastlar to'liq bashorat qilib bo'lmaydi, ular miyani hayratga solish ta'siriga ega va u avtomatik ravishda ularga alohida e'tibor qarata boshlaydi.FORBRAIN ning maqsadi — o'zgarishlarni aniqlashning avtomatik mexanizmlarini rivojlantirishda miyaga yordam berish, buning natijasida diqqat kuchayadi. Diqqat mexanizmlarini kuchaytirib, Siz quyidagilarni ishlab chiqasiz va sezilarli yaxshilaysiz:Diqqatni jamlash. G'ayratlilik. Muvaffaqiyat.
Xususiyatlar
ArtikulDOST-1376
TuriSalomatlikni baholash ADP
MaqsadiInklyuziv ta'lim
Ishlab chiqarilgan mamlakatRossiya
Kafolat12 oy